Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya tashqi ishlar vaziri besh yil ichida birinchi bora Rossiyaga kelmoqda
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Moskvaga yaqin haftalar ichida tashrif buyurish haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda Britaniya tashqi siyosat idorasi saytida xabar berildi.
Rasmiy xabar matnida Jonsonning Moskvaga tashrifi Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning “hamkorlik qil, biroq ehtiyot bo‘l” shiori ostidagi yondashuviga xos tarzda bo‘lishi aytiladi.
Kutilishicha, vazirlar Suriya va Ukrainadagi mojarolar masalalarini muhokama qiladi. Uchrashuv haqida batafsil ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi.
Ma'lumot uchun, Lavron Boris Jonsonni Moskvaga taklif qilgani haqidagi xabarlar yanvar oyida paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
14:28 / 17.01.2026