Xitoyda 5G-tarmog‘i sinovdan o‘tkazila boshlandi
Xitoyning China Mobile kompaniyasi dunyoning yirik korporatsiyalari bilan birga Pekinda 5-avlod tajribaviy tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqda.
Pekinda 5G-tarmog‘ini yaratish bilan Nokia, Huawei, Ericsson, ZTE, Intel va DTT kompaniyalari shug‘ullanmoqda. Bu kompaniyalar va China Mobile MWC 2017 ko‘rgazmasida mobil aloqaning yagona jahon standartini yaratish va 5-avloddagi tarmoqlar uchun uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalari bilan bo‘lishishgandi.
Xitoy mobil aloqa operatori vakili Van Syuyan tarmoqning birinchi bosqichini qurish va sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli yakunlanganini ma'lum qilgan. 5G-tarmoq Pekinning Xuayjou tumanida sinov rejimida ishga tushirilgan. China Mobile 5-avlod tarmog‘i bilan qoplanishni yaratishning texnik imkoniyatlariga ishonch hosil qildi. Hozircha, qanday natijalarga erishilgani noma'lum.
Xitoy 5G texnologiyasini rivojlantirish ustida jadal ish olib bormoqda. "Xitoyda qilingan-2025" davlat dasturi doirasida yangi mobil tarmoqni 2020 yilgacha ommaviy foydalanishga joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
10:09 / 29.04.2024
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
11:32 / 24.01.2024
Pekinda «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi
12:28 / 03.11.2023