21:36 / 04.03.2017
7513

Malayziya Shimoliy Koreya elchisini persona non grata deb e'lon qildi

Foto: Reuters

Malayziya hukumati Shimoliy Koreyaning Kuala-Lumpurdagi elchisi Kan Chxolni persona non grata deb e'lon qildi. U mamlakatni 48 soat ichida tark etishi kerak, deb xabar bermoqda Malayziyaning Star nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Malayziya tashqi ishlar vaziri Shimoliy Koreya elchisini mahalliy vaqt bilan soat 18:00ga chaqirtirgan, biroq elchi belgilangan vaqtda kelmagan. Shundan keyin Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘zining qarorini ma'lum qilish uchun Shimoliy Koreya elchixonasiga diplomatik nota yuborgan.  

"Assoshieyted Press" axborot agentligining ta'kidlashicha, ushbu qaror Shimoliy Koreya yetakchisining akasi Kim Chen Namning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shimoliy Koreya elchisi Kim Chen Namning qotilligidan keyin Malayziya nomiga bildirgan ayblovlari sababli Kuala-Lumpur Shimoliy Koreyadan yozma uzr keltirishni talab qilgan.  

Shimoliy Koreyaning Kim Chxol shaxs nomidagi pasportga ega fuqarosi 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida vafot etgan. Politsiya uning terisida asab-falajlovchi modda  VX izlari borligini aniqlagan. Janubiy Koreya boshidan halok bo‘lgan erkak Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning katta akasi Kim Chen Nam ekanligini ta'kidlab kelgan.

Malaziyskaya politsiyasi hanuzgacha qurbonning o‘limi sabablarining yakuniy isbotlarini topmagan, qurbonning shaxsini oxirigacha o‘rnatmagan va ushbu qotillikka Shimoliy Koreyaning aloqasi borligiga aniq isbotlarga ega emas. 

Mavzu
KXDR va Malayziya munosabatlari

Malayziyada KXDR rahbarining akasi o‘ldirilgach, ikki mamlakat munosabatlari keskinlashmoqda. Tomonlar diplomatik aloqalarni butunlay uzish yoqasida turibdi

Barchasi
Top