Omonulla Fayziyevning aytişiça, 2010 yil sentabr oyida Özbekiston fuqarolari N.S., N.D. va J.J. Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida 12 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarini olib ötişga urinişda gumonlanib, Malayziya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan qölga olingan.

Keyinçalik Malayziya sudi ularga nisbatan ölim jazosi tayinlagan.

Fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Özbekistonning Malayziyadagi elçixonasi tomonidan 2013, 2014, 2016 va 2020 yillarda Malayziya Taşqi işlar vazirligi, Boş prokuraturasi, Oliy sudi hamda mamlakat Qiroli nomiga ularni afv etiş töğrisida bir neça bor rasmiy murojaatlar kiritilgan.

2018 yilda Malayziyada ölim jazosini ijro etişga moratoriy joriy etildi. Keyinçalik, 2024 yil 18 mart kuni kuçga kirgan “Ölim va umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazolarini olgan şaxslarning işlarini qayta körib çiqiş töğrisida”gi qonun asosida Malayziya Oliy sudi mazkur uç nafar Özbekiston fuqarosiga nisbatan çiqarilgan avvalgi ölim jazosini 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan almaştirdi.

Malayziya qonunçiligiga muvofiq, jazoni ijro etiş tartibi va yaxşi xulq-atvor uçun nazarda tutilgan imtiyozlar inobatga olinganda, uşbu fuqarolarning jazo muddati 2030 yilda yakunlanişi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtda ular Malayziyaning Selangor ştatidagi Kajang qamoqxonasida jazo muddatini ötamoqda. Özbekistonning Malayziyadagi elçixonasi tomonidan ular bilan muntazam konsullik uçraşuvlari ötkazilib, zarur konsullik-huquqiy kömak körsatib kelinmoqda.

Taşqi işlar vazirligi xorijda bölib turgan Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça tegişli çoralarni bundan buyon ham davom ettiradi, dedi Omonulla Fayziyev.

Eslatib ötamiz, uç özbekistonlikning Malayziyaga sayohatga borişi va giyohvand moddalar aniqlanib ölimga hukm qilinişi haqidagi hikoyani iste’fodagi DXX xodimi Öktam Suvonov Xavfsizlik YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib bergandi.