19:20 / 05.03.2017
5690

AQSh vitse-prezidenti va Associated Press o‘rtasida nizo chiqdi

Eng yirik xalqaro axborot agentliklaridan biri Associated Press (AP) AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan ziddiyatga bordi. Bunga gazeta materiallaridan birida uning turmush o‘rtog‘i Karen Pensning elektron pochta manzili chop etilgani sabab bo‘ldi. 

Ziddiyat AP'ning 3 martdagi maqolasidan boshlandi. Unda Pens va uning turmush o‘rtog‘ining ishchi maqsadlarda AOL'dagi shaxsiy akkauntlaridan foydalanganliklari ta'kidlangan. Gap kamida 2013 yil haqida bormoqda, u paytlar siyosatchi Indiana shtati gubernatori lavozimini egallagan. 

Pens ichki xavfsizlik va bir qator boshqa masalalarni muhokama qilish uchun shaxsiy manzilidan foydalangan. Masalan, maktublar orasida uning maslahatchisi FQBning terrorizmda ayblangan bir necha kishini qo‘lga olishga bo‘lgan talabi haqida ma'lum qilgani topilgan. 2016 yilning yozida uning pochtasiga buzib kirildi. 

Pensning vakili shundan keyin siyosatchi AOL'da boshqa, yuqori xavfsizlik choralari ko‘rilgan shaxsiy akkanut ochgani haqida aytgandi. Jurnalistlar Hillari Klinton atrofida ham shunga o‘xshash mojaro yuz berganini yodga olishdi, biroq respublikachi bunday ayblovlarni rad etdi. 

"Men bilan Hillari Klinton o‘rtasida hech qanday o‘xshashlik bo‘lishi mumkin emas. Biz Indiana qonunlarini to‘liq bajardik. Huquqshunoslar davlat faoliyati bilan bog‘liq havolalar yoki epizodlarni aniqlash uchun mening elektron pochtamdagi shaxsiy yozishmalarimni ko‘zdan kechirishdi. Indiana qonunlariga ko‘ra, biz barchasini mahalliy hukumatga yetkazdik", - degan AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens. 

Dastlab AP agentligi AOL elektron pochtasidan 29 sahifaga ega bo‘lgan Indianapolis Star'ga asoslandi. O‘shanda mahalliy hukumat konfidetsiallik bilan izohlab, boshqa fayllarni topshirishdan bosh tortgandi. 

AP jurnalistlari ham respublikachining elektron pochtasi sahifalariga so‘rov berishdi, biroq ularning maqolasida Indianapolis Star'dan farqli o‘laroq, ikki muhim farq topildi. Agentlik ishchi maqsadlarda Karen Pensning ham shaxsiy elektron manzilidan foydalanganlik haqida ma'lumot berdi va aniq manzillarni keltirdi. 

Pensning jahli chiqib, AP rahbari Geri Pryuittga manzilni o‘chirish talab qilingan xabarni yo‘lladi. U turmush o‘rtog‘i hanuz bu manzildan foydalanishini ma'lum qilgan. 

Agentlik Pensning murojaatini rad etganidan so‘ng vitse-prezident o‘zining Twitter'dagi sahifasida AP maktubi haqida so‘z yuritgan. Unga ko‘ra, bu epizod ahamiyatga ega emas, zero Karen hukumatning saylangan vakili emas. Pens adolat tamoyili va jurnalistlik etikasi buzilgani uchun agentlikdan uzr so‘rashni talab qilgan.

Bayonotda Pens sobiq ikkinchi xonim - Jill Baydenning elektron pochtasi chop etilishi bilan bog‘liq holatlarni eslay olmasligini qo‘shimcha qilgan. 

Voqea jamoatchilik tomonidan muhokama qilina boshlagach, AP rasmiy bayonot bilan chiqqan. OAV bilan aloqalar bo‘yicha agentlik rahbari Loren Iston jurnalistlar bundan avval ham nashr qilingan materialdagi faktlarga sodiq qolishgani va shaffoflik tamoyillari tufayli unga to‘g‘irlash kiritmoqchi emasliklarini ta'kidlagan. Shuningdek u AP bundan keyingi materiallarida Karen Pensning elektron manzilini qayd etmasligiga va'da bergan. Jurnalistlar va siyosatchi o‘rtasidagi ziddiyatga barham berildimi yoki yo‘q - noma'lum. 

Mavzuga oid
Top