Maykl Pens Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens demokratlar undan talab qilgandek prezident Donald Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortdi. Bu haqda Pensning kongressning vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yo‘llagan maktubida aytilgan.
Avvalroq Pelosi boshchiligidagi demokratlar Pensni Trampni konstitutsiyaga 25-tuzatma bilan o‘z lavozimidan chetlatishga chaqirishgan. “Men vaziyatning bunday tus olishi mamlakat manfaatlariga javob beradi yoki konstitutsiyamizga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylamayman”, deb o‘z qarorini tushuntirgan Pens.
“O‘tgan hafta men o‘z vakolatlarim doirasidan chiqib, saylov natijalarini belgilashim uchun menga o‘tkazilgan bosim oldida taslim bo‘lmadim va hozir ham vakillar palatasining mamlakatimiz uchun hozirgi jiddiy vaqtda siyosiy o‘yinlar o‘ynashga qaratilgan sa'y-harakatlariga yon bosmayman”, deb aytgan AQSh vitse-prezidenti.
Avvalroq Pens kongressning 2020 yil noyabrda o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilishida raislik qilgan. O‘shanda Tramp undan Jo Baydenning g‘alabasiga olib kelgan saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan. Biroq Pens Trampga rad javobini bergan va yig‘ilish natijalariga ko‘ra keyingi prezident Bayden bo‘lishini e'lon qilgan.
25-tuzatmaga ko‘ra, vitse-prezident prezidentning layoqatsizligi yoki muddatdan avval vakolatlari tugatilgan vaziyatda uning o‘rnini egallaydi. Ta'kidlanishicha, ushbu tuzatmaning Trampga nisbatan qo‘llanishi imkoniyati uning ma'muriyatining ba'zi vakillari tomonidan ham muhokama qilingan.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga yangi nomzod sifatida ko‘rsatdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
17:20 / 20.11.2024