Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Anqara Turkiya hududida qulagan samolyot uchuvchisini Suriyaga topshirmayapti
4 mart kuni Turkiya chegarasida qulagan Suriya harbiy samolyoti uchuvchisi 5 mart kuni tongida katapulta qilgan parashyutidan 500 metr narida bemajol holda topildi.
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nuriddin Janikli Xatay viloyati janubida topilgan ushbu uchuvchi ayni vaqtda shifokorlar nazorati ostida ekanini ma'lum qildi.
«Biz hodisaning barcha jihatlari o‘rganilganidan keyin qaror qabul qilamiz. Hozircha bu haqda gapirishga erta. Turkiya chegarasida nima ro‘y berganini aniqlamoq darkor. Uning missiyasi nima bo‘lgan. O‘ylaymanki, yaqin vaqtlar ichida bir qaror chiqariladi», - degan Janikli.

Samolyotning qulashiga uning pulemyotdan o‘qqa tutilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bundan oldinroq «Ahror ash-Shom» terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriyaning Idlib viloyatida MiG-21 harbiy samolyotini urib tushirgani haqida axborot bergandi.
Boshqa bir nashrda esa MiG-21 texnik nosozlik sabab Turkiya hududiga qulagani ehtimoli haqida xabar qildi.
Mavzuga oid
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026