Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq armiyasi Mo‘sul markaziga yurish boshladi
Iroq armiyasi ilg‘or bo‘linmalari IShID nazoratida qolayotgan Mo‘sul shahri markaziga yangi hujum boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Amaliyotni o‘tkazayotgan birlashgan qo‘mondonlik matbuot xizmati rahbari general Yahyo Rasulning ma'lum qilishicha, shaharning janubiy va janubi-qismidan yurish boshlangan, shaharning tarixiy qismida janglar olib borilmoqda.
Shuningdek, shahar atrofidagi Al-Samud va Tal al-Ruman tumanlari hududlarida ham jang ketmoqda.
IShIDning Iroqdagi oxirgi tayanchi Mo‘sulni IShIDdan ozod etish uchun 2016 yil 17 oktabrida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlangandi. Shu yilning 18 yanvarida shaharning sharqiy qismi jangarilardan tozalandi. 24 fevral kuni shaharni butunlay ozod qilish uchun amaliyot qaytadan boshlandi.
1 mart kuni iroqlik harbiylar Mo‘sulni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi oxirgi yo‘lni egalladi va IShID shahar ichkarisidagi jangarilar va harbiy texnikasini olib ketish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Xuddi shu kuni IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy tarafdorlariga murojaat qilib, mag‘lubiyat haqida e'lon qildi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025