Jahon | 15:53 / 06.03.2017
5300
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Isroil bosh vaziri Netanyaxu to‘rtinchi marta so‘roq qilinadi

Foto: AP

Isroil politsiyasi yil boshidan beri to‘rtinchi bor mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni so‘roq qiladi. U suiiste'mol qilish bo‘yicha surishtiruv ishi doirasida 6 mart kuni yana bir bora so‘roq qilinadi, deb xabar bermoqda Haaretz gazetasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Netanyaxu Qudusdagi o‘z qarorgohida so‘roq qilinadi.

Haaretz’ning bildirishicha, bugungi so‘roq ikki ish yuzasidan o‘tkaziladi. Ulardan biri tadbirkorlardan olingan sovg‘alarni noto‘g‘ri rasmiylashtirishga aloqador bo‘lsa, boshqasi - "Yediot axronot" va "Israel xayom" gazetalari muharrirlik siyosatiga ehtimoliy ta'sir ko‘rsatish bilan bog‘liq, deya xabar beradi nashr.

Yanvar boshida politsiya Netanyaxuni Qudusdagi qarorgohida ikki bora so‘roqdan o‘tkazdi, uchinchi so‘roq esa 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Birinchi so‘roq uch soatdan ortiqroq vaqt davom etgan bo‘lsa, ikkinchisi – besh soatdan ko‘proq, uchinchisi esa – taxminan 3 soat atrofida davom etdi.

Netanyaxu esa bir necha bor barcha ayblovlarni rad etdi.

O‘tgan yilning dekabrida Isroil bosh prokurori va hukumatning yuridik maslahatchischi Avixay Mandelblit politsiyaga Netanyaxuni joriy yil boshida ikki jinoiy ish doirasida so‘roqdan o‘tkazishga ruxsat berdi. Tergov jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid