Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy muhandis va olimlarni fazoviy parvozlarga tayyorlamoqchi
Xitoyda yangi fazogirlarni joriy yilda tanlab olishlari mumkin. Bu haqda «Jenmin jibao» nashri xabar bermoqda. Xitoy fazogirlarni tayyorlash markazidan gazetaga ma'lum qilishlaricha, Xitoy fazo stansiyasi bir necha yildan so‘ng bortda bir necha fazogirlar ekipajlarini qabul qilib olishi mumkin, shuning uchun bunga hozirning o‘zida tayyorlanish kerak.
Fazoviy laboratoriyada joylar yetarli bo‘lsa, bu «Osmon saroyi-2»ga nafaqat uchuvchilarni yuborish imkonini beradi. Orbitada muhandis va olimlar ham kerak bo‘lib qolishi mumkin, shuning uchun Xitoy tayyorgarlik markazi fazogirlar otryadini kengaytirib, unga turli mutaxassislarni jalb etishi mamkin. Markazda ta'kidlashlaricha, tanlov hozircha aviafazoviy sohadagi talabalar va xodimlarni qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprelida «Osmon saroyi-2» fazoviy laboratoriyasiga «Tyanchjou-1» fazoviy yuk kemasi chiqariladi, u laboratoriya bortiga turli anjomlarni yetkazib beradi. Xitoy fazo stansiyasining asosiy bloki 2018 yilda ishga tushiriladi, 2022 yilda esa stansiyadan to‘la kuchda ishlashi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026