Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi shahar Yosir Arofat nomli ko‘chadan mahrum bo‘ldi
Isroil shimolidagi arablar yashaydigan Jatt shahri munitsipaliteti markaziy hukumat talabi bilan Falastinning marhum yetakchisi Yosir Arofat nomiga qo‘yilgan ko‘chadan uning nomi yozilgan tablichkalarni olib tashlamoqda.
Isroil bosh vaziri 5 mart kuni "isroilliklar va yahudiylarning qotillari" xotiralarini abadiylashtiruvchi toponimlar (joylar nomi) paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan.
"Mening talabim bilan Jattning mahalliy kengashi Yosir Arofat nomi yozilgan ko‘cha belgilarini olib tashlashga qaror qildi", deb yozgan Isroil ichki ishlar vaziri Are Deri tvitterda.
Deri vazirlik ko‘chaning qayta nomlanishiga rusxat bermagani va shu sababli ushbu nom rasmiy ro‘yxatlarga kiritilmaganini ma'lum qilgan. "Gaarets" nashrining yozishicha, Arofat nomli ko‘cha Jattda 2008 yildan beri mavjud bo‘lgan, biroq markaziy hukumat bunday ko‘chaning borligini Isroil armiyasi nogironlari uyushmasi murojaatidan keyingina bilgan.
Falastin milliy ma'muriyati asoschisi va birinchi rahbari Yosir Arofat o‘nlab yillar Isroilga qarshi olib borilgan kurashdan keyin u bilan muzokaralar stoliga o‘tirgani uchun 1994 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq topilgan.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026