17:43 / 06.03.2017
8487

Qozog‘istonda uyushgan jinoiy to‘da tuzganlikda shubha qilingan davlat mulozimi hibsga olindi

Qozog‘iston  Geologiya va yer osti boyliklaridan foydalanish qo‘mitasi raisi Bozorboy Nuraboyev jinoiy guruh tuzganlikda ayblanmoqda, deb xabar tarqatadi mamlakat Milliy korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi. Nuraboyevning Qozog‘iston hududi bo‘ylab yer osti qazilma boyliklarini qazish va foydalanish shartnomasiga ega bo‘lish istagidagi tadbirkorlardan o‘ta katta miqdorda pora undirish tizimini yaratgani qayd etilmoqda.

Hozirda Nuraboyev va uning muovini Niyozbek Qurbonov hamda jinoyatga aloqador yana 16 nafar shaxs hibsga olingan.

Joriy yilning oltinchi martida Nuraboyev “Akmola Gold” ma'suliyati cheklangan o‘rtoqlik jamiyati vakilidan yer osti qazilma boyliklaridan foydalanish uchun shartnoma imzolashga yordamlashgani evaziga 20 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushirilgan. Tergov manbaalarida Nuraboyevning jami olgan poralari summasi 100 ming dollardan oshishi aytilayapti.

Bundan tashqari, Nuraboyev va Qurbonov o‘z lavaozimlarini suiste'mol qilgan holda va maxfiy ma'lumotlardan foydalanib, yer osti qazilma boyliklari o‘choqlarini yaqinlariga tegishli bo‘lgan sho‘'ba korxonalarga rasmiylashtirganlikda ham gumon qilinmoqda.

Top