19:31 / 06.03.2017
11506

Marsda magnit maydoni yaratilishi mumkin

Foto:© NASA/GSFC, Source.

NASA sayyorashunoslik bo‘limi olimlari Marsni sun'iy magnit maydoni bilan o‘rab olishni taklif qilishdi. Ularning fikricha, bu bilan sayyoradagi atmosfera yanada zichroq bo‘ladi. Bu uni o‘rganishda qulaylik beradi. Tadqiqotchilar shunday hisobot bilan “Vision 2050 Workshop” sayyorashunoslik anjumanida chiqish qilishgan.

Hisobot mualliflari Lagranj (L1) nuqtasi – Mars va Quyosh o‘rtasidagi, fazoviy apparat dvigatellarini ishlatmay turib, yerda cheklanmagan vaqt uzoqlikda turish imkoni bo‘lgan shishirilgan modul joylashtirishni taklif etishmoqda. Kosmomodulda dipol, ya'ni elektrodinamikali  magnitlar ham bo‘ladi. Shundan so‘ng, maydon o‘ziga xos “magnitli dum”ni tashkil qiladi, u o‘zi bilan butun sayyorani yopa oladi. 

NASA’ga ko‘ra, himoya magnitosferasi Mars tomonidan gazlar yo‘qolishini to‘xtatadi va uning atmosferasi zichligi o‘sa boshlaydi. Uning zichligi Yerniki bilan barobar bo‘lsa, o‘rtacha harorat–63 darajadan +4gacha oshadi va qutb shapkalari erib ketadi. Sayyorashunoslarning baholashicha, ulardagi suv ma'lum bir hajmda dengizlarni yaratishga imkon beradi. Shuningdek, zichroq atmosfera parashyutda tushiriladigan apparatlarni tezroq to‘xtatadi va sayyora yuzasidagi nurlanish darajasini kamaytiradi. G‘oya mualliflari, Mars yaqinida fazoviy modulni uzoq vaqt ushlab turish qiymati, shuningdek, kerakli energiyani qayerdan olishga oydinlik kiritishganicha yo‘q. Ular bu variantni “narx-samaradorlik” nisbatiga Marsda elegaz ishlab chiqarish kabi boshqa loyihalar bilan taqqoslashmadi. Bu gazning, hattoki, kichik hajmi ham sayyora yuzasini ultrabinafsha nurlaridandan himoya qilish va o‘ta kuchli issiqlik  ta'sirini yaratishga imkon beradi. 

NASA konsepsiyasi bir necha farazga asoslangan. Birinchidan, quyosh shamoli Mars atmofera yo‘qotishlarida asosiy manba bo‘lgan. Bugungi kunda Qizil sayyordagi gaz qobig‘i deyarli yuz foizga karbonat angidrid gazidan iborat. Garchi, uning bir qismi muz shapkalariga bog‘langan bo‘lsa-da, gazni tashkil etuvchi qismlar yerdan 100-150 barobar kamroq bo‘lgan bosimni ushlab turishga yetadi. Biroq agarda Yer atmosferasidagi karbonat angidriddan boshqa barcha gazlar yo‘qotilsa, undagi bosim 250 martaga tushib ketadi – atmosfera Marsdagiga qaraganda ancha yupqaroq bo‘ladi. Avvalroq, Marsda azot asosiy gaz bo‘lgani haqida taxminlar bildirilgandi. Uning yo‘qolish sabablari faqatgina quyosh shamoli bilan bog‘liq emas.

Sun'iy magnit maydoni g‘oyasi ortida turuvchi boshqa taxmin – Marsda uning paydo bo‘lishidan so‘ng atmosfera zichligi ortib borishi haqidagi farazdir. Biroq bu qayerdandir gaz kelsa, ro‘y berishi mumkin. Yerda u vulqonlar otilishi bilan yuzaga keladi. Fikrlarga ko‘ra, Qizil sayyorada plitalar tektonikasi va vulqon faolligi bilan vaziyat yomonroq. Bunday sharoitda gaz qobig‘i zichligining jiddiy o‘sishi yuz bermaydi. Venerada ham magnit maydoni yo‘q, quyosh shamoli esa Marsga qaraganda to‘rt barobarga kuchliroq. Biroq u yerda vulqonlar otilishi bor, shuning uchun ikkinchi sayyoradagi karbonat angidridli atmosfera to‘rtinchi sayyoraga qaraganda 10 ming marotaba zichroq.

Mavzuga oid
Top