Amerika Milliy aeronavtika va koinot boşqarmasi (NASA) «Artemida II» missiyasi ekipaji Oyning narigi tomoni böylab parvoz paytida olgan bir neça fotosuratni e’lon qildi.

«Earthset» deb nomlangan birinçi suratda yorqin oq bulutlarga ega kökimtir Yer Oyning kraterlar bilan qoplangan yuzasi ufqi ortiga yaşirinişi aks etgan.

«The Artemis II Eclipse» deb nomlangan ikkinçi surat ham 6 aprelda olingan bölib, u Oy orbitasidan kuzatilgan Quyoşning töliq tutilişini (Oy Quyoşni töliq yopib qöyişini) körsatadi.

Uşbu noyob kuzatuv nuqtasi nafaqat ta’sirçan vizual tasvirni, balki astronavtlar uçun insoniyatning uzoq koinotga qaytişi doirasida quyoş tojini qayd etiş va tasvirlaş uçun qimmatli imkoniyatni ham taqdim etadi.

***

Tört nafar astronavt seşanbaga ötar keçasi Yerning tabiiy yöldoşini aylanib uçdi. Ular yetti soat mobaynida Oy orbitasida bölişdi, bu parvoz çoğida «Orion» kosmik kemasi Yerdan rekord masofada uzoqlaşdi, şuningdek, kapsula 40 daqiqa mobaynida rejali ravişda Hyustondagi Parvozlarni boşqariş markazi bilan aloqani uzdi.

Töliq quyoş tutilişi – Oy Quyoşni butunlay tösib qöygan. Fotosuratda yulduzlar ham körinib turibdi; odatda ular Oyning yoruğligi yonida juda xira körinardi, biroq Oyning soyasi fonida ular yaqqol namoyon bölgan.

Aksariyat odamlar Quyoş töliq tutilişini heç qaçon öz közlari bilan körişmagan, bunda Oy va Quyoş bir çiziqqa tizilgan paytda Oy Quyoş aylanasini töliq yopadi va faqat uning atmosferasidagi eng taşqi qatlam hisoblangan tojlargina körinadi.

Astronavtlar uçun bu parvozdagi eng yorqin lahzalardan biri bölgan. Viktor Glover özi guvoh bölgan hodisani «ilmiy fantastika» deb atagan hamda quyoş toji qanday körinişda bölganini aytib bergan.

«Bu hamon noreal bölib körinmoqda, – deydi u. – Quyoş Oy ortiga yaşirindi, ammo toj hamon körinib turadi: u yorqin va butun Oy atrofida nur taratib turadi».

Yerda quyoş tutilişini körgan odamlar odatda faqat tutilişning töliq fazasida bir neça daqiqa bahra olişi mumkin, «Orion»dagi astronavtlar uçun esa bu manzara qariyb bir soat saqlanib turdi.

Quyoşni tösib turgan Oyning bir qismi. Çap tomondagi yorqin kumuşrang nuqta – Venera sayyorasi.
Bu suratda Quyoşning Oy ortidan çiqa boşlaşi aks etgan.

«Yer bu yerda yorqin nur taratadi, Oy esa şunçaki tepamizda osilib turardi», – deya körganlarini tasvirlaydi Viktor Glover.

«Orion» kosmik kemasi illyuminatori orqali olingan Yerning körinişi. Bu vaqtda Yerning qoronği qismiga tun kirgan.

Yer Oy ufqiga botişi aks etgan fotosurat 1968 yilda «Apollon 8» missiyasi paytida Bill Anders tomonidan olingan maşhur «Earthrise» («Yerning kötarilişi») fotosuratini eslatadi. Bu missiya keyinroq inson qadami Oy sathiga birinçi bor tegişi kuzatilgan «Apollon 11» missiyasi uçun deboça bölgandi.

Çeksiz koinot fonida zaif moviy sayyoraning uşbu körinişi hali ham tarixdagi eng muhim fotosuratlardan biri hisoblanadi. Şu jumladan, u tabiatni muhofaza qiliş harakatining rivojlanişiga yordam bergan.

«Yerning kötarilişi» – Bill Anders 1968 yilda «Apollon-8» missiyasi bortida turib Oy atrofini aylaniş çoğida olgan tarixiy surat
«Yerning botişi»: «Artemida-2» astronavtlari olgan yana bir fotosurat

NASA’dagilar «Earthset» («Yerning botişi») nomli surat «Orion» kosmik kemasi illyuminatoridan Vaşington vaqti bilan duşanba kuni soat 18:41 da (Grinviç böyiça 22:41) olinganini ma’lum qilgan.

«Yerning qoronği qismi tun oğuşida. Sayyoraning kunduzgi tomonida, Avstraliya va Okeaniya mintaqasi uzra quyuq bulutlar körinib turibdi», – deyiladi fotosurat tarifida.

«Artemida II» ekipaji Oyning orqa tomoni böylab uçib ötayotganda, Vaşington vaqti bilan soat 19:22 da muhrlangan «Yer çiqişi».
Janubiy qutb – Eytken havzasining şarqiy çekkasi. Bu Oyning orqa tomoni janubida joylaşgan zarba natijasida hosil bölgan havza bölib, Oydagi ma’lum eng ulkan krater hisoblanadi.

Hozirda «Artemida-2» missiyasining tört nafar astronavti Yerga qaytmoqda. Ular 11 aprelga ötar keçasi Yer atmosferasiga 40 000 km/s tezlikda kirib kelişadi va Tinç okeaniga tuşişadi.