10:04 / 06.03.2017
6147

Pentagon Shimoliy Koreya uchirgan raketalarni qayd qildi

AQSh Shimoliy Koreya uchirgan raketalarni qayd qilgan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi (STRATKOM) vakili TASS axborot agentligi ma'lum qilgan.

"STRATKOM tizimlari Shimoliy Koreyadan mahalliy vaqt bilan 22:34da uchirilgan raketalarni qayd qilgan", deb aytgan manba, biroq raketalar turiga aniqlik kiritmagan.  U shuningdek Shimoliy Koreya hududidan nechta raketa uchirilganini ham ma'lum qilmagan.  

Shuningdek, Shimoliy Amerika aerokoinot mudofaasi birlashgan qo‘mondonligi (NORAD) "Shimoliy Koreyadan uchirilgan raketalar Shimoliy Amerikaga xavf solmagani haqidagi xulosaga kelgan".  

Shimoliy Koreya yangi raketa sinovlarini o‘tkazdi. Yaponiya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, Yapon dengizi tomon 4 ta raketa uchirilgan bo‘lib, ular 1000 km ga yaqin masofani uchib o‘tgan. Ulardan uchtasi Yaponiya iqtisodiy hududiga tushgan.

Top