15:06 / 06.03.2017
36626

Toshkent viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri bir qator ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinladi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati IIB boshlig‘i etib Saidkarim Nishanbayev tayinlandi.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda Jinoyat qidiruv va terrorizm bilan kurash boshqarmasi boshlig‘i etib Baxtiyor Rajapov tayinlandi.

Jizzax viloyatida ham qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Zarbdor tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Obidjon Sherqulov, Yangiobod tumani IIB boshlig‘i etib — podpolkovnik Ilhom Sulaymonov, Zafarobod IIB boshlig‘i etib - Ilhom Xajamqulovlar tayinlandi.

Top