Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zulfiya mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya timsolida millatimizning oqila, fozila onaxonlari, jonkuyar ustozlarimiz, hassos shoira opa-singillar, o‘z taqdirini Vatanimizning porloq istiqboli bilan uzviy bog‘lagan iqtidor sohibalari gavdalanadi.


Xalqimizning ardoqli shoirasi tavallud kuni munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligida joriy yilda ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan iqtidorli qizlarni tantanali qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi direktorining o‘rinbosari Z.Xudoyberdiyevlar so‘zga chiqib joriy yilda yuksak mukofotga sazovvor bo‘lgan qizlarni tabriklashdi.


Mustaqillik yillarida Zulfiya ijodiy merosini puxta o‘rganish, undan yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada kuchaytirish, oila, jamiyat, yurt oldidagi mas'uliyatni teran anglash, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda foydalanish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Shoira nomi bilan ta'sis etilgan Davlat mukofoti bugungi kunda adabiyot, ta'lim, san'at, sport sohalarida izlanayotgan qizlarga qanot bo‘lmoqda.




Tadbir davomida yosh iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan bayramona kuy-qo‘shiq va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga xush kayiyat bag‘ishladi.


Tantanali marosim yakunida nufuzli Davlat mukofoti sovrindorlariga Xalq ta'limi vazirligi va hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
Mavzuga oid
18:16 / 14.09.2025
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yana bir yo‘nalish uchun «Zulfiya» mukofotini berishni taklif qildi
17:07 / 16.03.2025
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi
20:33 / 04.03.2024
Prezident «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi
19:45 / 07.02.2024