Oila va xotin-qizlar qömitasi Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tibbiyot sohasi uçun alohida yönaliş sifatida berişni nazarda tutuvçi prezident farmoni loyihasini e’lon qildi.

Uşbu loyiha qabul qilinişi natijasida tibbiyot yönalişida alohida yutuqlarga erişgan iqtidorli xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab boriş yölga qöyiladi.

Loyihada, jumladan, 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etiş böyiça takliflarni qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi farmonga tegişli özgartirişlarni kiritiş hamda davlat mukofoti bilan taqdirlab boriş bilan boğliq xarajatlarning moliyalaştiriş manbalarini belgilaş kabi masalalar hal qilingan.

Oila va xotin-qizlar qömitasiga uç oy muddatda qonunçilik hujjatlariga uşbu farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida hukumatga takliflar kiritişi belgilanmoqda.