Toşkent davlat transport universiteti magistraturasida tahsil olayotgan Kamola Irisqulova joriy yil 18 fevralda transport vaziri yordamçisi sifatida iş boşladi. Kamola Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Prezident hamda Beruniy nomli davlat stipendiyalari sohibasi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda amaldorlik faoliyati va ilmiy izlanişlari haqida gapirib berdi.

Kamola Irisqulova Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tuğilgan. 24 yoşda. Jizzax politexnika institutida öqişni tamomlab, Toşkent davlat transport universiteti magistraturasiga davlat granti asosida qabul qilingan.

“Hovlimizda har doim turli texnika yoki maşina detallari turardi. Maşina tuzatayotganda dadamga yordamlaşib, “klyuç”larni olib berardim. "Motor qayerda, bu nima, u nima?" deb söraganimda, erinmasdan tuşuntirib, savollarimga javob berardilar. Bolaligimdagi atmosfera bu sohaga kirib kelişimga sabab bölgan”, – deydi u.

Kamolaning aytişiça, u 2-kurs paytidanoq transport va yöl sohasida ilmiy izlanişlarini boşlagan. Uning tadqiqotlari beton sifatini oşiriş, unga mineral kukun qöşib, asfalt-beton tayyorlaşda samaradorlikka erişiş mavzusida bölgan. Uning ta’kidlaşiça, hozirgaça 47 dan ilmiy maqolasi AQŞ, Fransiya, Germaniya, MDH va Özbekiston ilmiy jurnallarida çop etilgan. Ayni damda esa magistratura bosqiçida avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ularning ekspluatatsiya muddatini uzaytiriş böyiça izlaniş olib boryapti. 

"Yöl sohasida öqiganim uçun köçalardagi yama, yorilişlar yoki şikastlangan joylarni körsam, noqulay ahvolga tuşaman. Taksiga çiqqanda haydovçilarning yöllardan noroziligini eşitaman. Qaçongaça bu kabi muammolar davom etadi, ularga ilmiy yeçim topiş kerak, ham arzon, ham sifatli, uzoq muddat xizmat qiladigan texnologiyani işlab çiqiş zarur degan öylar hayolimdan ötadi. Şu kabi kuzatişlarim asosida ilm va işlab çiqariş yönalişlarini boğlagan holda faoliyatimni davom ettirişga qaror qildim", – deydi Kamola Irisqulova.

Kamola prezident Şavkat Mirziyoyevning 14 fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan uçraşuvida iştirok etib, yöl-transport sohasini rivojlantiriş, bu yönalişda ayollar sonini köpaytiriş borasidagi takliflarini bildirdi:

“Bugun sizning qarşingizda oddiy qiz emas, mamlakatning arteriyasi, uning asosiy qon-tomiri bölgan avtomobil yöllari sohasini rivojlantirişga bel boğlagan yölçi qiz sifatida gapirmoqçiman. Asosiy maqsadim nafaqat transport, balki muhandislik va quriliş sohalarida ham ayollar sonini kengaytiriş va yöl xöjaligi tizimiga insonlarning munosabatini özgartirişdan iborat. Yöllardagi masalalarga yeçim topib, ularni dunyo miqyosida raqobat qila oladigan darajaga olib çiqişga harakat qilaman va buning uçun va’da beraman”, – degan u uçraşuvda.

Muloqotda davlat rahbari Ilhom Mahkamovga Kamola Irisqulovani vazir yordamçisi qilib işga oliş topşiriğini berdi. Transport vazirining tegişli buyruği bilan 2025 yil 18 fevraldan Irisqulova Kamola Normat qizi vazirning yöl xöjaligi sohasida ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça yordamçisi lavozimiga tayinlandi.

“Prezidentimiz yöl qurilayotganda, loyihalanayotganda yoki ekspluatatsiya qilinayotganda barça jarayonlar ilmga asoslangan bölişi zarurligini ta’kidlab, yölsozlik sohasida ta’lim tizimini rivojlantiriş böyiça menga topşiriqlar berdi. Hozirda yöl ilmini mustahkamlaş ustida işlayapman. Avval, asosan, öz mavzum böyiça tadqiqotlar olib borişga e’tibor qaratgan bölsam, endigi faoliyatimda butun respublikadagi holatni tahlil qilyapman. Menga har 6 oyda tizimdagi muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan aniq takliflar taqdim etiş topşiriği berilgan”, – deydi Kamola.

Kamola yangi lavozimga kirişganidan keyin unga ijtimoiy tarmoqlar orqali köplab murojaatlar, yöllarning holati haqida foto va video ma’lumotlar yuborilayotganini ma’lum qildi. U murojaatlarni örganib, hal qilişni tegişli bölimlarga yönaltirayotganini ta’kidladi. Vazir yordamçisining aytişiça, bugungi kunda şahar köçalarida suv qoçiriş tizimlari va muhandislik kommunikatsiyalari bilan boğliq masalalar, yöllarning belgilangan muddatigaça xizmat qilmayotgani, quriliş materiallarining sifati pastligi va sohaga kerakli mutaxassis kadrlar yetişmayotgani kabi muammolar közga taşlanmoqda.

Yoşlar işlari agentligi rahbari Alişer Sa’dullayevning Instagram sahifasida e’lon qilingan videoparçadan keyin yoş amaldor qiz köpçilik e’tiboriga tuşdi. Yöl sohasida talaygina muammolar mavjudligi sabab Kamola lavozimga yangi kelganiga qaramay tanqidlar yomğiri ostida qoldi.

“Izohlar bölimida yozilgan kommentlarni öqib çiqdim, har kim erkin fikr bildirişga haqli. Tanqidlarni töğri qabul qilaman, ammo ularning menga tegişli bölgan va bölmagan tomonlari bor. Tizimga yaqinda keldim, avval qurilgan, mavjud yöllarning sifatiga men javob bermayman, çunki u jarayonda bölmaganman”, – deydi u.

Intervyuning töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi kanalida tomoşa qiliş mumkin.

Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.
Operator: Ziyaddin Mamatjonov
Montaj ustasi: Nizomjon Toşpölatov