Sport | 09:15 / 07.03.2017
6311
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» London derbisida g‘alaba qozonib chempionlik sari yurishini davom ettirdi

Angliya chempionatining 27-turida «Chelsi» «Vest Hem» mehmoni bo‘lib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Eden Azar qarshi hujumga kirishyotib Fabregasga to‘p uzatdi, Sesk bir tepar usulda to‘pni uning o‘ziga qaytardi. Azar raqib jarima maydonchasi ichiga kirdi, qarshi yugurib chiqqan darvozabonni aldab o‘tib, darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi.

50-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng to‘p o‘yinchilardan biriga tegib, Diyego Kostaga kelib tushdi, u to‘pni darvozaga yo‘naltirdi - 0:2.

O‘yin oxirida Manuel Lansini mezbonlarning javob goliga mualliflik qildi.

Ushba g‘alabadan so‘ng «Chelsi» ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem» bilan oradagi 10 ochkolik farqni saqlagan holda, APL turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettirdi.

Angliya chempionati, 27-tur
Vest Hem – Chelsi 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 – 25 Azar, 0:2 – 50 Diyego Kosta, 1:2 – 90 Lansini. 
Vest Hem – Rendolf, Rid (Bayrem, 64), Fonte, Kressuell, Kuyate, Nobl (Fernandesh, 77), Obiang, Snodgrass, Feguli (Ayyu, 64), Lansini, Kerroll.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Fabregas, Mozes (Zuma, 76), Pedro (Matich, 65), Kante, Azar (Villian, 75), Diyego Kosta.
Ogohlantirish: Fabregas (45).

Mavzuga oid