Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada Saudiya Arabistoni qirollik oilasiga hujumning oldi olindi
Malayziya politsiyasi mamlakatga Saudiya Arabistoni qiroli tashrifidan avval qo‘lga olingan yetti nafar inson “arab davlatlaridan birining” qirollik oilasi a'zolariga hujum qilmoqchi bo‘lganligini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda.
"Ular arab qirollik oilasi a'zolariga Kuala-Lumpurga tashrifi chog‘ida hujum qilishni rejalashtirgan. Biz ularni so‘nggi lahzalarda qo‘lga oldik", - deya ma'lum qildi politsiya vakili Holid Abu Bakar jurnalistlarga. U gap aynan qaysi arab davlati haqidagi borayotganiga aniqlik kiritmadi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olish jarayoni 21-26 fevral kunlari o‘tkazilgan. Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud esa Malayziyaga 26 fevral kuni tashrif buyurgan.
Yakshanba kuni Malayziya politsiyasi IShID va boshqa terrorchilik guruhlari bilan aloqadorlikda gumonlangan yetti kishini qo‘lga oldi. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning ikki nafari IShID bilan aloqador bo‘lgan va Malayziya hududida teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
19:38 / 22.06.2026