Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neftni qayta va qayta yig‘ib olishi mumkin bo‘lgan gubka yaratildi
AQShdagi Argon milliy laboratoriyasidan bo‘lgan Set Darling va uning hamkasblari neftni o‘zining og‘irligidan 90 bora ko‘proq qabul qiluvchi yangi materialni yaratishdi. Shuningdek uni osonlik bilan siqish va qaytadan ishlatish mumkin. Yangi loyiha Oleo Sponge deb ataladi hamda olimlarning ishontirishicha, uning yordamida neft to‘kilishi muammosini osonlik bilan bartaraf etish mumkin.
Yangi gubkaning asos materiali – universal penopoliuretan bo‘lib, u suyuqlikni qabul qilib olishga juda mos tushadi. Bundan tashqari, olimlar gubka ichida oleofil materialining o‘ta ingichka qatlamini yaratishdi, buning yordamida u neftdan boshqa mahsulotlarni ham o‘ziga singdira oladi.
Oleo Sponge dekabr oyi boshidagi sinovdan o‘tkazish jarayonida dizel yoqilg‘isi va xom neftni suvdan muvaffaqiyatli ravishda o‘ziga singdirib oldi. Olimlarning fikricha, bu material qirg‘oqlardagi neft to‘kilishlarida ayniqsa qo‘l keladi, u yerda tozalash ishlari ancha murakkablik tug‘diradi. Kelajakda gubka yanada kattaroq missiyalar uchun o‘zgartirilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:22 / 11.04.2026
Eng yaxshi ixtiro va dasturlar uchun tanlovlar tashkil etiladi
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
07:43 / 10.02.2026