Sport | 12:01 / 07.03.2017
3781
1 daqiqa o‘qiladi

Salvador futbol federatsiyasining sobiq prezidentiga 8 yillik qamoq hukmi chiqarildi

Salvador futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Reynaldo Vaskes 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.

Ushbu amaldor 2015 yil dekabrida Xalqaro futbol federatsiyasidagi (FIFA) korrupsiya ishi bo‘yicha mamlakat politsiyasi tomonidan hibsga olingandi. 

U FIFA tomonidan tashkil etilgan o‘yinlarga media huquqni sotishda pora olganlikda ayblangan 16 nafar mansabdordan biri bo‘lgandi.

Salvador sudi uni FIFAdagi korrupsiya mojarosida, tashkilotga a'zolik hamda ijtimoiy mablag‘larni o‘marishda, 204 xodimning sug‘urta mablag‘larini o‘zlashtirganlikda aybdor deb topgan.

Sud Vaskesga qamoq jazosidan tashqari 400 ming dollar miqdorida jarima to‘lash hukmini tayinlagan.

Sudlanuvchi sud qaroridan noroziligini bildirgan, u apellyatsiya bilan murojaat qiladi.

Vaskes Salvador futbol federatsiyasini 2009—2010 yillarda boshqargan. U AQShda ham 2014 va 2018 yilgi JCh o‘yinlarini yoritishdagi media huquqni sotish bo‘yicha 5ta holatga aloqadorlikda ayblangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid