Salvador hukumati mamlakatning sobiq prezidenti Salvador Sançes Serenni va prezident Maurisio Funes hokimiyati vaqtidagi hukumatning 4 a'zosini noqonuniy boyiş va pul yuviş işi böyiça xalqaro qidiruvga berdi.

Associated Press axborot agentligining xabar berişiça, San-Salvador sudi Interpolga uşbu şaxslarni uşlaş haqida körsatma beriş töğrisida qaror çiqargan. Seren 2009 yildan 2014 yilgaça vitse-prezident lavozimini egallaganda pul yuviş bilan şuğullanganlikda va noqonuniy boyiganlikda gumonlanmoqda. Mamlakat boş prokuraturasi ma'lumotlariga köra, uşbu davr davomida mamlakat rahbariyati parlament ma'qullovisiz kamida 351 mln dollarni işlatib yuborgan.

Uşbu iş böyiça umumiy hisobda 10 kişi ayblanuvçi sifatida ötmoqda. Ayni vaqtda Maurisio Funes hukumatida soğliqni saqlaş, moliya, mehnat vazirlari va qişloq xöjaligi vaziri örinbosari lavozimlarini egallagan şaxslar hibsga olingan.

Ta'kidlanişiça, ayblanuvçilardan ba'zilari mamlakat taşqarisiga çiqib ketgan. Amaldagi prezident Nayib Bukele Sançes Seren 2020 yil dekabrda mamlakatni tark etgani va qaytib kelmaganini tasdiqlagan. Taxmin qilinişiça, sobiq prezident hozirda Nikaraguada qolmoqda.

77 yoşli Salvador Sançes Seren 2009-2014 yillarda Salvador vitse-prezidenti, söngra 5 yil davomida prezident lavozimini egallagan.