Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvador prezidenti jinoyatchilarga qarshi kurashga armiyani jalb qildi
Salvador prezidenti Nayib Bukele jinoyatchilikka qarshi kurash uchun shaharlar ko‘chalariga armiyani chiqarishni buyurdi: mamlakatda oxirgi kunlarda qotilliklar soni keskin ko‘payib ketgan. Bu jinoiy to‘dalar zo‘ravonligi bilan bog‘langan.
Harbiylar poytaxt San-Salvador va boshqa shaharlarni politsiya bilan birga patrullashni boshlagan. Politsiya nomaqbul hududlarda uyma-uy yurib jinoyatchilarni izlash vaqtida armiya zirhli texnikasi u yerlardan chiqish joylarini bloklab turibdi.
Bunday keskin choralar ko‘rilishiga mamlakatda oxirgi 2 kun ichida 30 dan ko‘proq qotillik sodir etilishi sabab bo‘lgan.
2020 yilda El Faro nashri prezident Bukele jinoiy guruhlar bilan kelishib olganini ma'lum qilgan. Kelishuvga ko‘ra, hukumat jinoiy to‘dalar zo‘ravonlik darajasini pasaytirishiga javoban qamoqxonadagi sharoitlarni yaxshilashga va'da bergan.
Mavzuga oid
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
21:06 / 25.05.2026