Jahon | 16:14 / 07.03.2017
4514
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada keyingi yillardagi eng kuchli zilzila kuzatildi

Shveytsariyaning Glarus kantonidagi Ortstok tog‘lari etaklarida keyingi yillardagi eng kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Blick xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 4,6 ballni tashkil qilgan. Zilzila markazi Lintal shahridan 6 km g‘arbda, uning o‘chog‘i 5 km chuqurlikda joylashgan.

Bundan tashqari, Bern, Aargau, Tsyurix va Graubyunden kantonlari zilzila kuchini sezishgan.

Ayni vaqtda tabiiy ofat talofatlari o‘rganilmoqda. Yaqin vaqtlar ichida qaytarishlar kuzatilishi mumkinligi aytilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid