Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WikiLeaks Germaniyada MRBning xakerlik markazi borligidan xabar berdi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida Markaziy razvedka boshqarmasining xakerlik markazi mavjud. Bu haqda WikiLeaks ma'lumotiga asoslangan holda Spiegel Online xabar berdi.
Olingan materiallarga ko‘ra, xakerlar bazasi AQShning Germaniyadagi konsulxonasiga joylashtirilgan va ular Yaqin Sharq, Afrika va Yevropaning boshqa mamlakatlari bo‘ylab harakatlanishadi. Ushbu mutaxassislar Germaniyaga diplomatlar niqobida kelib ketishadi.
Ma'lum qilingan hujjatlar orasida kiberjosuslar uchun qo‘llanmalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, markaz xodimlari hech qachon nazoratdan chetda bo‘lmaydi. Shu bilan birga ularga ma'lum miqdorda alkogol mahsulotlari iste'mol qilishga ruxsat etilgan.
WikiLeaks saytida MRB xodimlariga tegishliligi aytilgan mingga yaqin hujjat nashr qilingan. Bu esa amerikaliklar butun dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilarini kuzatib borishiga dalil sifatida ko‘rsatilgan.
Fevral oyida WikiLeaks AQSh maxsus xizmatlari Germaniyaning uch nafar kanslerini kuzatgani haqida, shuningdek, 2012 yilda Fransiyadagi saylovlar vaqtida nomzodlar ortidan josuslik qilingani haqidagi ma'lumotlarni oshkor etgandi. E'lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, amerikaliklar yevropalik siyosatchilarning aloqalari, partiyalarning ichki muhiti, biznes-doiralar bilan aloqalar, moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumotlar to‘plashga qiziqqan.
Mavzuga oid
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
08:52 / 25.06.2024