Jurnalist va WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etilganidan beri özining birinçi ommaviy çiqişni amalga oşirmoqda — u keyingi oyda Yevropa Kengaşida körsatma beradi.
53 yoşli Assanj iyun oyida ozod etilişi borasida kelişuvga erişganidan keyin Avstraliyaga qaytgan edi, u AQŞning josuslik töğrisidagi qonunini buziş borasidagi aybini tan olgan va natijada, uning Buyuk Britaniyadagi 14 yillik yuridik kuraşiga yakun yasalgan. Assanj köplab ayblovlar ilgari surilgan AQŞga deporatsiya qilinişi mumkin edi.
Qattiq tartibli London qamoqxonasida saqlangan vaqtida uylangan rafiqasi Stellaning ma’lum qilişiça, Assanjga öz soğliğini tiklaşi va hibsdan keyin hayollarini joyiga qöyib olişi, şuningdek, qamoqxonadan taşqarida heç qaçon körmagan ikki farzandi bilan vaqt ötkazişi kerak.
Endi u omma oldida çiqiş qilib, 1 oktyabr kuni Strasburga bölib ötadigan Yevropa Kengaşi Parlament assambleyasining Yuridik masalalar va inson huquqlari böyiça qömitasida körsatma beradi.
Assanj 175 yilga qamalişi mumkin edi
Julian Assanj 24 iyun kuni 5 yil ötirgan Londonning «Belmarş» qattiq tartibli qamoqxonasini tark etgandi. Jurnalist AQŞ Adliya vazirligi bilan kelişuvga erişgaç, qöyib yuborilgan.
Qöşma Ştatlarda Assanjga «AQŞ tarixida maxfiy ma’lumotlarni oşkor qiliş böyiça eng yirik iş bilan boğliq jinoyatlar» yuzasidan 17 ta ayblov qöyilgan. Gap 2010 yildan beri AQŞning harbiy va diplomatik faoliyatiga oid 700 mingga yaqin maxfiy hujjatlar oşkor etilgani haqida bormoqda. Hujjatlarda AQŞning Iroq va Afğonistondagi harbiy harakatlari, jumladan, tinç aholi öldirilişi va amerikalik harbiylarning mahbuslarga nisbatan şafqatsiz munosabati haqida ma’lumotlar bor. Jurnalist 175 yilga qamalişi mumkin edi.








