London Oliy sudi WikiLeaks portali asosçisi Julian Assanjni garov evaziga ozod qildi. Bu haqda 25 iyun, seşanbaga ötar keçasi WikiLeaks vakillari xabar berdi. Assanj 24 iyun kuni ertalab Britaniyaning eng yuqori darajadagi Belmarş qamoqxonasini tark etdi va keyinroq London Stansted aeroportida samolyotga ötirdi va Britaniyadan uçib ketdi, dedi uning şeriklari. Ular hisob-kitoblariga köra, WikiLeaks yaratuvçisi 1901 kunni jazoni ijro etiş muassasasida ötkazgan.
The Washington Post va CNN sud hujjatlariga tayanib yozişiça, Assanj tergov bilan 18 ta ayblovdan biri böyiça aybini tan oliş uçun dastlabki kelişuvga erişgan. Bitim hali rasman yakunlangani yöq, deya ta’kidladi WikiLeaks.
Yangi kelişuv şartlariga köra, AQŞ Adliya vazirligi prokurorlari avstraliyalik ma’lumot tarqatuvçiga 62 oylik qamoq jazosini talab qiladi. Assanj juda köp vaqtini Londondagi qattiq rejimli qamoqxonada ötkazdi. 26 iyun kuni AQŞning uyuşgan hududi bölgan Şimoliy Mariana orollaridagi sud qaror çiqarişi kutilmoqda.
Julian Assanj işi
Qöşma Ştatlarda WikiLeaks asosçisi maxfiy ma’lumotlarni öğirlaş, josuslik va kompyuter tarmoqlarini buziş uçun fitna kabi 18 ta moddada ayblanmoqda. Agar aybi isbotlansa, u 175 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Vaşingtonga köra, Assanj AQŞning Iroq va Afğonistondagi harbiy amaliyotlariga oid maxfiy materiallarni amerikalik askar Bredli Menning (keyinçalik Çelsi Menning)dan olgan. AQŞ rasmiylariga köra, bu AQŞ razvedka xizmati ma’lumotçilarining hayotini xavf ostiga qöygan. Şu bilan birga, Assanj tarafdorlari qayd etişiça, WikiLeaks saytida materiallar çop etilişi natijasida jamoatçilik Amerika askarlari tomonidan Yaqin Şarqda sodir etilgan jinoyatlar haqida ma’lumotga ega bölgan.
Ekvador elçixonasidagi boşpana
2012 yildan 2019 yilgaça Assanj zörlaş işi böyiça Şvetsiya tomonidan çiqarilgan Yevropa orderi bilan hibsga olinişidan qörqib, Londondagi Ekvador elçixonasida panoh topgan. WikiLeaks asosçisi aybini tan olmadi va Şvetsiya uni AQŞga ekstraditsiya qilişi mumkinligini aytdi. Keyinçalik Şvetsiya adliya idoralari ma’lumot tarqatuvçiga nisbatan dastlabki tergovni töxtatdi.








