Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ogoh bo‘ling: Bir yilda 1,7 million kichik yoshli bola havoning ifloslanishi tufayli hayotdan ko‘z yummoqda
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dushanba kuni dunyo miqyosida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining chorak qismi nosog‘lom yoki ifloslangan muhit bilan bog‘liqligi haqida ma'lum qildi. Suv va havoning ifloslanishi, tutunlar va gigiyenaga amal qilmaslik shular jumlasidandir. GulfNews shu mavzudagi maqolasini taqdim etdi.
Bunday aksilsanitariya va ifloslangan muhit ichburug‘, bezgak va zotiljam kasalliklari natijasida hayotdan ko‘z yumishgacha olib kelishi mumkin, bu bir yilda 1,7 million bolaning o‘limiga sabab bo‘lmoqda, deyiladi JSST hisobotida.
"Ifloslangan atrof-muhit halokatlidir, ayniqsa kichik yoshdagi bolalar uchun, - deydi JSST bosh direktori Margaret Chen. - Ularning rivojlanayotgan organlari hamda immun tizimi, shuningdek nafas yo‘llari iflos suv yoki havodan katta zarar ko‘rishi mumkin".
"Barqaror dunyoni meros qoldirish: Bolalar salomatligi va atrof-muhit atlasi" hisobotida JSST salbiy ta'sir onaning qornidayoq boshlanishi, keyin esa davom etishi mumkinligi ma'lum qildi.
Shuningdek havoning ifloslanishi astma kabi surunkali kasalliklar xavfini oshiradi. Hisobotga ko‘ra, iflos havo yurak-qon tomir kasalliklari, insult va saraton kasalliklariga yo‘liqish xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari, suv va havo orqali zararli kimyoviy moddalar ta'siri ostida qolishi mumkin.
JSST eksperti Mariya Neyra hukumatlarni bolalar uchun barcha joylarni xavfsizlantirishga chaqirdi.
"Salomatlikka ekologik xavf soluvchi omillarni bartaraf etishga sarmoya kiritish - suv sifatini yaxshilash yoki yoqilg‘ining nisbatan toza turidan foydalanish sog‘liq uchun sezilarli foyda beradi", - dedi u.
Joriy yil boshida JSST havoning ifloslanishi yiliga 3 million kishining erta o‘limiga olib kelishidan ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026