Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Aviakassalar” bekati yoki Andijonda ko‘cha nomlashda muammolar bormi?
O‘zbek xalqi azaldan mehnatsevar. Ayniqsa, qurilish, obodonchilik ishlarida. Tinmay mehnat qiladi. Boisi mehnatning samarasini ko‘rganda undan oladigan zavqni tuyishni biladi. Ammo ba'zida mehnatdan zavq emas asabbuzarlik, nodonligu noshudlik namunasini ham olarkansiz. Bunga asosimiz bor.
Andijon shahri bugun har doimgidan ham obod va ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Xususan uning markaziy ko‘chalari-yu maydonlari. Zahiriddin Muhammad Bobur maydoni Andijon shahrining markazi, ta'bir joiz bo‘lsa Andijonning yuzi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unga tutash ko‘chalar ham ana shu maqomda. Ammo bugun ana shu maydonga tutashtiruvchi “Bobur shoh” ko‘chasi, ya'ni xalq tili bilan aytganda “Yangi bozor” ko‘chasidagi birinchi bekatni “Aviakassalar” bekati deb nomlashibdi.
Qiziq, Andijonday maskandan yetishib chiqqan zabardast olimlar kammi nom berishga yohud shoh va shoir, dunyo tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomini berish hech kimning xayoliga kelmadimikin?
Kun.uz’ga ma'lum qilinishicha, ushbu bekat yonida 10 ga yaqin aviakassalar faoliyat yuritgani uchun shunday nomlanibdi. Savol tug‘iladi. Ana shu bekatdan keyingi bekatda gul sotuvchilar faoliyat yuritadi. Demak keyingi bekat “Gulbozor” bekati.
Mutasaddilarga taklifimiz bor: bekatlarga nom berishda keng mulohazalik bo‘lish.
Mavzuga oid
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
19:01 / 10.05.2026