Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya xitoylik importchilardan jabr ko‘rgan Yevropa Ittifoqiga 2 mlrd yevro qaytarishi kerak
Buyuk Britaniya hukumati xitoylik importchilarning katta ko‘lamli tovlamachiligiga ko‘z yumgani sababli Yevropa Ittifoqiga deyarli 2 mlrd yevro qaytarishi kerak, deb ma'lum qildi Yevropaning firibgarliklarga qarshi kurashish byurosi (OLAF).
OLAF’ning ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniya xitoylik importchilar tomonidan soxta bojxona hujjatlari qo‘llanganiga e'tiborsizlik qilgani sababli 1,99 mlrd yevrolik bojxona to‘lovlarini yo‘qotgan.
"Biz Yevropa Ittifoqiga Buyuk Britaniyadan bu mablag‘larni undirishni tavsiya qildik", deb aytgan byuro.
Shuningdek, OLAF’da aytilishicha, Yevropa Ittifoqining Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Italiya kabi davlatlari xitoylik firibgarlar tufayli 3,2 mlrd yevrolik qo‘shimcha qiymat solig‘ini yo‘qotishgan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
11:05 / 16.06.2026