Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koinot qurilmalarini samolyotlardan uchirishi mumkin
Xitoyning China Daily axborot agentligining ma'lum qilishicha, Xitoyda kichik koinot qurilmalarini havodan uchirishning maqsadga muvofiqligi o‘rganilmoqda. Samolyotlar yordamida raketa-tashuvchilar uchirish rejalashtirilmoqda. Bu raketalar o‘z navbatida Yer orbitasiga sun'iy yo‘ldoshlarni olib chiqadi.
Ushbu g‘oya unchalik ham yangi emas, 1970-yillarda bunday texnologiya AQSh va Sobiq ittifoq mutaxassislari tomondan ko‘rib chiqilgan, biroq turli texnik muammolar sababli keng tatbiq topmagan. Bunday tadqiqotlar Xitoyda olib borilayotganini Xitoy raketasozlik akademiyasining raketasozlik bo‘limi boshlig‘i Li Tong'yu ma'lum qildi.
Raketalarni uchirish platformasi sifatida Y-20 strategik samolyoti yoki unga o‘xshash transport samolyotini qo‘llash ko‘zda tutilgan. Bunday samolyotlar 66 tonnagacha yuk ko‘tara oladi, shuning uchun u qattiq yonilg‘ida uchuvchi raketa-tashuvchini yuk sifatida bortiga olishi mumkin. Agar loyiha amalga oshsa, u raketalarni kosmodromlarsiz ham uchirishga va startni tayyorlash uchun zarur vaqtni ancha qisqartirishga yordam beradi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026