Xitoy Shimoliy Koreyaga “raketa kelishuvini” taklif qildi
Xitoy KXDRga raketalar uchirilishi va yadro dasturini rivojlantirishdan voz kechishi evaziga AQSh va Janubiy Koreya tomonidan harbiy mashqlarni to‘xtatishni taklif qilmoqda, deb xabar berdi XXR tashqi ishlar vaziri Van I chorshanba kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida.
"Xitoy birinchi qadam sifatida KXDR o‘z yadro faolligi va raketalarini uchirishni AQSh va Janubiy Koreya mashqlarining to‘xtatilishi evaziga to‘xtatishini taklif qilmoqda", - dedi Van I. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelajakda tomonlarni muzokaralar stoli atrofida jam bo‘lishga yordam beradi.
Xitoy TIV rahbarining ta'kidlashicha, Koreya yarim orolida bosim yana kuchaymoqda. "Bir tomondan, KXDR jahon hamjamiyati noroziligiga e'tibor ham qaratmadi va o‘z yadro dasturini rivojlantirishini to‘xtovsiz ravishda gapirmoqda, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzgan holda ballistik raketalarni uchirdi. Boshqa tomondan, AQSh va Janubiy Koreya keng ko‘lamli harbiy mashqlarni o‘tkazmoqda hamda KXDRga bosimni kuchaytirmoqda", - dedi Van I.
"Ayni damda bizning ustuvor maqsadimiz – bu ikki trenddan voz kechish", - deya qo‘shimcha qildi Xitoy tashqi siyosat idorasi rahbari.
KXDR dushanba kuni to‘rtta raketa uchirdi, ular katta ehtimol bilan yangi turda bo‘lib, uchtasi Yaponiya iqtisodiy zonasida qulagan. Yaponiya mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, raketalar Yaponiya dengizidagi Akita prefekturasining Oga yarim orolidan 300-350 kilometr g‘arbda bo‘lgan tumanga qadar yetib bordi. Hodisa sabab hech qanday moddiy zarar yetkazilmadi. Avvalroq BMT bosh kotibi KXDR tomonidan raketalar uchirilishini qoralab chiqdi hamda ularni BMT XK rezolyutsiyasining buzilishi va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid, deb atadi.
KXDRning ushbu raketa sinovlari Janubiy Koreyada keng ko‘lamli Amerika-Janubiy Koreya harbiy mashqlari o‘tkazilishi bilan bir vaqtda ro‘y berdi. Koreya xalq armiyasi Bosh shtabi esa KXDR bu harakatlar tufayli javob choralarini ko‘rishi haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024
Vetnamdan Erongacha: Shimoliy Koreya qachon va kimlarga urushda yordam bergan?
16:31 / 18.10.2024
KXDR Ukrainadagi urushga 12 ming harbiysini yubormoqchi - Janubiy Koreya razvedkasi
23:22 / 17.10.2024