Xitoy Janubi-Xitoy dengizidagi vaziyatga izoh berdi
Ayni damda hech kim Janubi-Xitoy dengizidagi vaziyatni “to‘lqinlantirib” yubora olmaydi, deya ma'lum qildi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I chorshanba kungi matbuot anjumanida.
Van Ining so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi vaziyat so‘nggi paytlarda ancha tinch bo‘lib, bu yerdagi mamlakatlar “muloqot va maslahatlashuvlarning to‘g‘ri yo‘liga” qaytishgan.
"Agarda hozirda kimdir mintaqadagi vaziyatni to‘lqinlantirib yubormoqchi va muammolarni keltirib chiqarmoqchi bo‘lsa, u o‘z harakatlariga hech qanday qo‘llab-quvvatlov olmaydi, butun mintaqaning qarshiligiga duch keladi", - dedi Van I.
Xitoy va mintaqaning qator davlatlari – Yaponiya, Vetnam hamda Filippinda dengiz chegaralari va Janubi-Xitoy hamda Shimoli-Xitoy dengizlaridagi ma'lum bir hududlar bo‘yicha turli qarashlar bor. Xitoyning fikricha, Filippin va Vetnam mintaqada bosimni ko‘paytirish uchun AQSh ko‘magidan foydalanmoqda. 2016 yilning iyulida Haagadagi hakamlik sudining doimiy palatasi Filippinning da'vo arizasiga ko‘ra, Xitoy Janubi-Xitoy dengizida hududiy da'vo uchun hech qanday asosga ega emasligi haqida qaror chiqardi. Sud Spratli (Nansha) arxipelagidagi bahsli hududlar orollar emas va iqtisodiy zonalarni tashkil qilmaydi, degan qaror chiqardi. Xitoy bu qarorni tan olmadi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023