Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada ayol shimda bo‘lgani uchun unga shilqimlik qilgan erkakka ayblov qo‘yilmadi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahri yaqinida avtobusda o‘z yonida o‘tirgan ayolga tegajog‘lik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Jabrlanuvchi politsiyaga ushbu shaxs uning oyoqlarini ushlab, shilqimlik qilganidan shikoyat qilgan. Ammo huquq-tartibot organlari ushbu harakat shilqimlik emas deb xulosa chiqarishgan. Coconuts Jakarta nashrida yozilishicha, politsiyachilar ayol shim kiygani uchun shunday qarorga kelishgan.
Avtobus haydovchisining qayd etishicha, ushbu shaxs jamoat transportida birinchi marta ayollarga tegajog‘lik qilishi emas. U qo‘lga olinayotgan vaqtida hamrohining belidan ushlaganini inkor qilmagan.
Jakarta jinoiy qidiruv boshqarmasi rahbari Bambang Edining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisani jinsiy zo‘ravonlik sifatida baholab bo‘lmaydi.
"Ushbu erkak bu ayolga u yonida o‘tirgani uchun teginib ketgan. Bundan tashqari, ayol uzun shim kiygandi. Agar u yubkada bo‘lganida yoki erkak uning jinsiy a'zolariga teginganida buni jinsiy zo‘ravonlik sifatida qayd etish mumkin bo‘lardi", degan politsiya vakili.
Shu bilan birga politsiyadagilar hali ushbu gumonlanuvchi hali qo‘yib yuborilmagani, qo‘yib yuborilgan taqdirda ham uni 24 soat davomida kuzatishlari haqida qo‘shimcha qilgan.
Shu kunlarda Indoneziyada Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar marshi o‘tkazilmoqda. Ba'zi faollar ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu hodisa bo‘yicha norozilik bilan munosabatlar bildirib o‘tishgan. Ular nafaqat jinsiy a'zolarga teginish, balki insonning roziligisiz har qanday teginishni zo‘ravonlik deb hisoblash shartligini qayd etib o‘tishgan.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026