Sport | 08:32 / 08.03.2017
3068
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya WADA tomonidan kodeksga nomuvofiq bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi

Butunjahon dopingga qarshi kurashish agentligi (WADA) o‘z kodeksiga muvofiq bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatidan Ispaniyani chiqardi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

2015 yilning noyabr oyida WADA mutaxassislar komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra Ispaniyani doping bilan kurash ishlari jiddiy kuzatuv ostida bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritgandi. Shundan so‘ng Ispaniya dopingga qarshi kurash agentligi kodeksga muvofiq emas, deb topildi. Ispaniya vazirlar kengashi 17 fevral kuni WADA qoidalariga to‘la mos keluvchi dekretni qabul qildi, bu esa sanksiyalar bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid