Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmatining bir necha xodimlari geroin bilan qo‘lga olindi
Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir necha hozirgi va sobiq xodimlari Bishkek shahrida geroin giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» qo‘mitaga asosan xabar bermoqda.
«Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining ichki xavfsizlik Xizmati va Qirg‘iziston IIVning qo‘shma tezkor harakatlari natijasida Qirg‘iziston DMXQning sobiq va hozirda ishlayotgan bir necha xodimlari qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida taxminan 7,5 kilogramm geroin narkotik moddasi noqonuniy aylanishdan olindi», - deya xabar qilishgan mahkamada.
Qo‘lga olinganlar Bishkek shahri IIBning vaqtinchalik saqlash izolyatoriga olib kelingan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026