Jahon | 09:50 / 09.03.2017
17289
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning bombardimonchi samolyotlari 10 yildan keyin Rossiya mudofaa tizimlari oldida ojiz bo‘ladi

Foto: Public domain

AQShning strategik bombardimonchi samolyotlarida o‘rnatilgan qurol-aslaha tizimlari 10 yildan keyin Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlaridan o‘ta olmaydi va shuning uchun ularni modernizatsiya qilish kerak, deb aytdi AQSh shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Pol Selva.

General AQSh kongressidagi nutqida AQSh strategik havo kuchlarining asosini 1950-1960-yillarda yaratilgan B-52 bombardimonchi samolyotlari hamda 1970-yillarda yaratilgan qanotli raketalar va bombalar tashkil qilishini eslatib o‘tdi. 

"Biz ular bugungi kunda jang qilishga qodir ekanligini bilamiz, biroq biz ularni kelgusiga qoldira olmaymiz. 10 yildan keyin bu tizimlar Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlaridan o‘ta olmaydi, shuning uchun ularni almashtirishga keskin ehtiyoj mavjud", deb aytgan Selva.

Bugungi kunda AQSh va Rossiya "yadro triadasi" deb ataluvchi tizimga ega yagona davlatlar hisoblanadi. Bu triada quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi yadroviy kuchlardan iborat. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid