Iqtisodiyot | 18:10 / 09.03.2017
27611
2 daqiqa o‘qiladi

Dollar rublga nisbatan neft narxi tushib ketishi sabab keskin ko‘tarildi

Moskva birjasidagi savdolar chog‘ida dollar kursi 59 rubllik chegaradan oshdi. Bu neft narxining pasayishi fonida yuz berdi. Moskva vaqti bilan 13:35 holatiga ko‘ra, Amerika valyutasi 59,17 rubl turgan – u avvalgi sessiya yakuni bilan solishtirganda 1,72 foizga oshdi. Bu haqda savdo maydonchasidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Londonning ICE birjasida Brent markali neft narxi 1,43 foizga tushib ketib, bir barrel uchun 52,36 dollarni tashkil etdi. Narxlar AQShdagi zaxiralar haqidagi ma'lumotlar oshkor etilgach pasaymoqda. Bir hafta davomida ular 8,22 million barrelga oshdi, tahlilchilar esa 1,97 millionlik ko‘rsatkichni bashorat qilgandi.

2017 yilning boshidan beri Brent nefti narxi bir barrel uchun 55 dollar darajasida saqlanib turgandi – bu qazib olish hajmini kamaytirish tufayli yuz bergan.

Rossiya moliya vazirligi va Markaziy banki Rossiya xazinasining neft narxidan ta'sirga uchrash ehtimolini pasaytirish uchun valyuta intervensiyalarini o‘tkazmoqda. Ular federal byudjyetdagi neftgaz daromadlarini baholashdan chetga chiqish deya hisoblanuvchi summaga valyuta sotib olmoqda. 

Mavzuga oid