Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IBM birinchi hamyonbop kvant kompyuteri ishlab chiqaradi
IBM dunyodagi birinchi haimyonbop kvant kompyuteri ishlab chiqaradi. Bu kompyuter bilan bulutli xizmat orqali ishlash mumkin bo‘ladi, deb ma'lum qilindi IBM’da.
Kompaniya xodimlari IBM Q kvant kompyuteri haqida quyidagi ma'lumotlarni berishdi: bu IBM Quantum Experience platformasi negizidagi 5 kubitli qurilma bo‘ladi. U 2016 yil may oyida Yorktaun Xaytsda (AQSh) ishga tushirilgandi.
IBM muhandislari IBM Quantum Experience uchun API ishlab chiqishdi, uning yordamida dasturchilar o‘z yechimlari va 5 kubitli kvant kompyuterlar o‘rtasida o‘zaro aloqa uchun interfeyslar qura olishadi. Bu API negizida IBM Q kompyuteri uchun shunday yechimlar yaratiladi.
IBM rejalari orasida IBM Q’ning kvant hajmini keyingi 5 yil ichida 50 kubitgacha yetkazish bor. Bunday tizim barcha mavjud hisoblash qurilmalarini ancha orqada qoldirishga imkon beradi.
Kvant kompyuterlari biror qonuniyat amal qiladigan katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlay oladi. Misol uchun, bu kompyuterlar kimyoviy tajribalarni modellashtirish yoki moddalar xususiyatini aytib bera olishi mumkin. Oddiy kompyuterlar hattoki bitta oddiy molekulaning kvant holatini modellashtirishga qodir emas.
Bundan tashqari, kvant kompyuterlari katta loyihalar logistikasini hisoblab chiqish va eng jadal davrlar uchun ham yetkazib berish kanallarini qurishga qodir. Ular moliyaviy ma'lumotlarni modellashtirish va investitsion xatarlarni hisoblab chiqish, katta ma'lumotlar massivida axborotni, misol uchun foto yoki video bo‘yicha izlashga qodir.

Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi
Jamiyat | 09:54
-
Karachidan Toshkent va aSmarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot | 09:48
-
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 09:30
-
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:05
Mavzuga oid

18:00 / 10.10.2024
IBM Green Light ITS’ni Markaziy Osiyodagi eng yaxshi hamkor sifatida tan oldi

21:26 / 26.08.2024
IBM kompaniyasi Xitoydagi minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi

08:35 / 03.05.2023
IBM xodimlarining bir qismini sun’iy intellekt bilan almashtiradi

19:37 / 14.04.2023