Kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minoti böyiça dunyodagi yetakçi işlab çiqaruvçilardan biri bölgan Amerikaning International Business Machines (IBM) korporatsiyasi sun’iy intellekt (SI) yordamida uşbu turdagi faoliyatni amalga oşiriş imkoniyati tufayli ayrim lavozimlarga xodimlarni yollaşni qisqartirişni rejalaştirmoqda. Guruh boş direktori Arvind Krişna yaqin beş yil içida bir qator sohalarda, xususan, xodimlarni boşqariş sohasida iş örinlarining uçdan bir qismi sun’iy intellekt va avtomatlaştiriş bilan almaştirilişini kutmoqda. Gap 7800 ta pozitsiya haqida bormoqda. Bu haqda u 1 may, duşanba kuni e’lon qilingan Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Şu munosabat bilan, Krişnaning sözlariga köra, IBM mijozlar bilan töğridan töğri aloqada bölmagan ayrim bölinmalarda yangi xodimlarni işga olişdan qisman yoki töliq boş tortadi. Hozirda korporatsiyaning uşbu sohalarida 26 mingga yaqin kişi mehnat qilmoqda, dedi u. Dasturiy ta’minotni işlab çiqiş va mijozlar bilan işlaş bölimlarida yangi xodimlarni işga oliş davom etadi. Korporatsiyada jami 260 mingga yaqin xodim işlaydi.
Ayni paytda asosiy e’tibor ÇatGPT'ga - dialoglar ötkaziş va real matnlarni yaratiş mumkin bölgan sun’iy intellektga asoslangan matn dasturiga, uning raqobatçisi Bard'ga, şuningdek, sun’iy intellektga matn tavsiflari asosida tasvirlar yaratişga imkon beruvçi dasturlarga qaratilgan. Mutaxassislar ogohlantirişiça, sun’iy intellektning afzalliklari bilan bir qatorda undan foydalaniş öta xavfli bölişi mumkin, xususan, u notöğri ma’lumotlarni yaratişi va tarqatib yuborişi ehtimoldan yiroq emas.

















