Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilmiy fantastika - Hyperloop'ning haqiqatga aylanishiga oz qolgan ko‘rinadi
Hyperloop One kompaniyasi dunyodagi eng birinchi Hyperloop transport tizimining test poligoni qurilishiga doir bir necha suratlarni taqdim etdi. Qurilish ishlariga Nevada shtatida start berildi. Los-Anjyeles startapi Ilon Maskning yo‘lovchi va yuk tashishga moslangan futuristik tizimini haqiqatga aylantirishga oid g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Hi-News shu haqida xabar berdi.
Kontseptning o‘zi "transportning beshinchi avlodi" sifatida e'tirof etilmoqda. U yopiq kapsulalarda soatiga 1220 kilometr tezlikda yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini amalga oshiradi. G‘oya kimgadir "ilmiy fantastika"dek tuyulishi mumkin, biroq Nevadadan yo‘llangan yangi suratlar ilk Hyperloop tizimining yo‘lga qo‘yilishini uzoq kutmasligimizga ishora qilmoqda.
DevLoop nomini olgan test poligonining uzunligi hozircha 500 metrni tashkil qilmoqda. Konstruktsiya og‘irligi esa - 1 million kilogrammdan ziyod. Yaqin oylarda qurilish nihoyasiga yetgach, liniyaning uzunligi 3 kilometrga yaqinni tashkil qiladi.

Hyperloop tizimi konsepsiyasi ilk marta 2012 yilda Tesla va SpaceX asoschisi hamda direktori Ilon Mask tomonidan taklif qilingan.
Manbaga ko‘ra, quvurning BAAdagi qurilishi 2020 yilga borib tugallanishi mumkin, biroq unga qadar avval hozirda Nevada cho‘lida yig‘ilayotgan DevLoop sinov tarmog‘ining to‘liq ko‘lamli namoyishini o‘tkazish kerak. Loyiha mualliflari mislsiz tezlikda harakatlanuvchi bunday transportning haqiqatda xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilishlari kerak bo‘ladi. Aynan shuning uchun joriy yilda bor e'tibor Nevadagi qaratiladi.




Mavzuga oid
08:50
SpaceX tarixdagi eng yirik IPOʻni amalga oshirdi
08:17 / 01.06.2026
Mask: AQSh armiyasi Starlinkʼni kamikadze dronlarda qo‘llagan
23:39 / 18.05.2026
Ilon Mask sudda OpenAI rahbari Sem Altmanga yutqazdi
18:31 / 25.04.2026