Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston maxsus xizmati Suriya va Iroqqa odamlarni jo‘natgan ekstremistni qo‘lga oldi
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Suriya va Iroqqa jangarilarni yollash va jo‘natish bilan shug‘ullangan respublika fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot markazi xabar berdi.
Mahkama ma'lumotiga ko‘ra, yollash bilan shug‘ullangan ekstremist Qirg‘izistonda “terrorchilik bo‘linmalari va ularga hamkorlik qiluvchilar infratuzilmasi faoliyatini yo‘q qilishga qaratilgan tadbirlar” davomida qo‘lga olindi. “Jamoat Tauhid va Jihod” xalqaro terrorchilik tashkilotining 1977 yilda tug‘ilgan faol a'zosi O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida qo‘lga olindi (Qirg‘iziston janubi)”, - deyiladi xabarda. Uning ism-sharifi oshkor etilmayapti.
"Aniqlanishicha, ushbu fuqaro O‘sh viloyati hududida Qirg‘iziston fuqarolarini Suriya-Iroq qurolli mojaro hududiga, terrorchilar safida jangovar harakatlarda ishtirok etishlari maqsadida yollagan va ularni yuborish bo‘yicha yo‘lak tashkil qilgan", - deya ta'kidlanadi hujjatda. Unga nisbatan ikki modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. "Ayni damda u DXQ tergov izolyatoriga joylashtirildi, tergov olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari ma'lumotiga ko‘ra, respublikadan Suriya va Iroqda terrorchilar safida jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun umumiy hisobda taxminan 500 kishi jo‘nab ketgan.
Mavzuga oid
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026