Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobuldagi terakt qurbonlari soni 49 nafar bo‘ldi
Foto: Reuters
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 49 nafar, jarohatlanganlar 76 kishi. Bu haqda Pajvak agentligi xabar bergan.
Bundan oldingi xabarlarda ushbu terakt 30dan ortiq kishini hayotdan olib ketgani va kamida 70 kishi jarohatlangani aytilgandi.
8 mart kuni IShIDning 4 nafar jangarisi Kobulda portlash va otishma uyushtirdi. Jangarilardan biri harbiy gospital darvozasi oldida o‘zini portlatgan, yana 3 nafari ichkariga bostirib kirib, bemorlarni va xodimlarni o‘qqa tuta boshlagan.
Tez orada hududga yetib kelgan maxsus kuchlar jangarilarning barchasini o‘ldirgan.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
10:11 / 13.03.2026