Jahon | 17:24 / 09.03.2017
26435
1 daqiqa o‘qiladi

Putin yana 10 generalni ishdan bo‘shatdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya FVV, IIV va Tergov qo‘mitasida faoliyat yuritgan 10 nafar generalni ishdan bo‘shatish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqdagi hujjat huquqiy axborotlar saytida rasman e'lon qilingan.

Kadrlar o‘zgarishi sabablari ma'lum qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyi oxirlarida Rossiya hukumati shov-shuvli kadrlar o‘zgarishini boshdan kechirgan edi. Mamlakat rahbari o‘shanda eng yuqori lavozimlarni egallab turgan 14 nafar amaldorni iste'foga chiqargan edi.

Shu yilning fevral oyi boshida ham Putin 16 generalni ishdan bo‘shatgan va Qrimga prokuror tayinlagandi.

Mavzuga oid