Xitoyning Xalq-ozodlik armiyasi (XXOA)da keng kölamli korrupsiya mojarosi avj oldi. Uning markazida Markaziy harbiy kengaş (MHK) raisi örinbosari Çjan Yusya va MHK qöşma ştabi boşliği general Lyu Çjenli turibdi. Agar Çjan lavozimidan çetlatilsa, bu 1989 yilda Tyananmen maydonidagi namoyişlar bostirilganidan keyingi davrdan beri Xitoy armiyasidagi eng yirik kadrlar almaşinuvlaridan biri böladi, deb yozadi The Washington Post yakşanba, 25 yanvar kuni.
Bundan taşqari, Xitoydagi eng yuqori lavozimli harbiy amaldor hisoblangan Çjanning vazifadan çetlatilişi XXR raisi Si Jinping qölida harbiy hokimiyatning misli körilmagan darajada jamlanişini anglatadi, deya qayd etadi naşr.
Financial Times gazetasi ham armiyadagi korrupsiyaga qarşi tergovlar natijasida qurolli kuçlarga rahbarlik qiluvçi Markaziy harbiy kengaşda atigi ikki kişi qolganini, ulardan biri Xitoy rahbari ekanini ta’kidlaydi. Jurnalistlar bu holat MHK uçun misli körilmagan vaziyat ekanini körsatadi.
Bundan bir kun oldin Pekindagi Milliy mudofaa vazirligi Çjan Yusya va Lyu Çjenliga nisbatan “intizom va qonunning jiddiy buzilişi” böyiça tergov boşlanganini ma’lum qildi. AFP qayd etişiça, Xitoyda bu atama köpinça korrupsiyani anglatiş uçun işlatiladi.
75 yoşli Çjan Yusya — mamlakatdagi eng yuqori lavozimli general va hukmron Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosining 24 a’zosidan biri. U MHK raisi örinbosari lavozimini öz qöli ostidagi harbiy — Xitoy raketa qöşinlari generali va familiyasi bir xil bölgan Çjan Şenmin bilan birgalikda egallab turadi.
2012 yildan beri MHKni boşqarib kelayotgan Si Jinping korrupsiyani Xitoy uçun “eng katta tahdid” deb ataydi. 2013 yilda XXR raisi lavozimiga kirişganidan söng, Si harbiy va davlat boşqaruvining barça darajalardagi ehtimoliy korrupsiyasiga qarşi kuraşni kuçaytirgan. Tanqidçilar esa u korrupsiyaga qarşi kampaniyani keraksiz raqiblarni bartaraf etiş uçun işlatyapti, deb hisoblaydi.
Oktyabr oyida Xitoy hukumati armiyaning töqqiz nafar vakiliga nisbatan korrupsiya gumoni bilan tergovlar boşlanganini e’lon qilgan. Ikki nafar yuqori martabali general lavozimidan olingan, ular orasida Çjan Şenminning ötmişdoşi bölgan Xe Veydun ham bor.











