Moskvaning Basmanniy sudi tergovçilarning iltimosnomasini qanoatlantirib, general-leytenant Yaroslav Moskalikni öldirişda ayblanayotgan Ignat Kuzinni dastlabki hibsga olişga hukm qildi. Bu haqda 27 aprel, yakşanba kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari va Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi matbuot xizmatlari xabar berdi.

Sud xulosasida aytilişiça, Kuzin 1 oy-u 30 kun muddatga poytaxt tergov izolyatoriga yuborilgan. Unga terrorizm, noqonuniy savdo va portlovçi moddalar va portlovçi moslamalar işlab çiqariş ayblovlari qöyilgan.

Rossiya Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning aytişiça, sudlanuvçi öz aybiga töliq iqror bölgan. Tergov ma’lumotlariga köra, u Ukraina Xavfsizlik xizmatiga 18 ming AQŞ dollariga yollangan.

Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş operativ boşqarmasi boşliği örinbosari, general-leytenant Yaroslav Moskalik 25 aprel kuni Moskva viloyatining Balaşixa şahrida öz uyidan çiqib ketayotib, öşa paytda portlagan maşina yonidan ötib ketayotganda vafot etdi. U portlaş sodir bölgan hovlidagi uyda yaşagan. Ertasi kuni  Federal xavfsizlik xizmati harbiyning öldirilişida gumonlanuvçining qölga olingani haqida xabar berdi.

Rossiyada va Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan hududlarida rossiyalik harbiy xizmatçilar va mansabdor şaxslarga suiqasd urinişlari muntazam ravişda sodir böladi. Ukraina razvedka xizmatlari heç qaçon ular uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olmagan, lekin ba’zida ommaviy axborot vositalari orqali ularga aloqadorligini tasdiqlagan.