Rossiya QKning 58-armiyasi sobiq qömondoni, katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan general-mayor Ivan Popov tergov hibsxonasidan uy qamoğiga ötkazildi. Bunday qaror 15 iyul, duşanba kuni Moskvadagi 235- harbiy garnizon sudi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi «Mediazona».
Tergov qömitasining harbiy boşqarmasi tergovçisi Popovga nisbatan ehtiyot çorasini yumşatiş haqida murojaat qildi. General sud zalida hibsdan ozod qilindi. Majlis yopiq eşiklar ortida ötdi.
General Ivan Popovga qarşi iş
General-mayor Ivan Popov may oyining örtalarida RF JKning 159-moddasi 4-qismiga binoan hibsga olingan (uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan katta hajmdagi firibgarlik). Tergov ma’lumotlariga köra, u 2023 yilda Zaporijjya viloyatida jangovar çiziqdagi muhandislik mudofaa inşootlarini jihozlaş uçun möljallangan, qiymati 130 million rubldan ortiq bölgan 1,7 ming tonnadan ortiq metall prokatini öğirlaşda iştirok etgan. Iyul oyining boşida Popovga yakuniy ayblov qöyildi, unga mansab soxtakorligi ayblovi qöşildi (RF JKning 292-moddasi 2-qismi).
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan keyin Popov Zaporijjya yönalişi uçun mas’ul bölgan 58-umumqöşin armiyasi qömondoni etib tayinlandi. 2023 yil iyul oyida Davlat dumasi deputati Andrey Gurulev generalning harbiy xizmatçilarga audiomurojaatini e’lon qildi, unda u «yuqori boşqaruv bilan boğliq qiyin vaziyat» haqida gapirgan.
Boşqa narsalar qatorida, Popov rahbariyatga kontrbatareya kuraşiş moslamalari va artilleriya razvedka stansiyalari yöqligi, şuningdek, askarlarning «ommaviy ölimi va jarohati» haqida xabar berganini aytgan, şundan söng u bir kun içida xizmatdan çetlatildi. Öşa oyda u Rossiya harbiy kontingentining «rahbarlaridan biri» sifatida Suriyaga jönatildi, deb yozdi Ukraina Oliy radasi sobiq deputati Oleg Tsarev özining Telegram-kanalida.
Mudofaa vazirligi mansabdorlarining jinoiy işlari
Ivan Popov işi Rossiyada Mudofaa vazirligi sobiq yuqori martabali amaldorlariga qarşi davom etayotgan yagona jarayon emas. Aprel oyida Moskvaning Basmanniy tuman sudi RF mudofaa vaziri sobiq örinbosari Timur Ivanovni öta yirik miqdorda pora olganlikda gumon qilib, ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga jönatdi (RF JKning 290-moddasi 6-qismi). Vazir örinbosari bilan birga uning şerigi deb taxmin qilingan Sergey Borodin ham hibsga olingan. U ham ikki oy muddatga tergov izolyatoriga jönatilgan.












