Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan savdo va investitsion sohalardagi hamkorlikni rivojlantirmoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida 9 mart kuni Saudiya Arabistoni elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollariga urg‘u berildi.
«Turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha ham fikr almashildi», — deyiladi vazirlik axborotida.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026